Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga hozirlik qizg‘in
17:12 / 2023-11-17

FOTOREPORTAJ

Namanganda O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumaniga Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari vakillari, mas’ul mutasaddi tashkilotlar xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, blogerlar taklif etildi.

Tadbirni Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari G‘. Murodxo‘jayev olib borib, ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etayotgan barcha shaharlarda sport tadbirining hamma bosqichlariga sifatli tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha shahar hokimliklari va vakolatli boshqarmalar ishtirokida tezkor shtablar tashkil etilganligi, ayni paytda fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan sport tadbiriga jalb etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari qizg‘in davom etayotganini ta’kidladi.

[gallery-14629]

“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi mamlakatimizning 15 ta shahrida 3 kilometr, poytaxtimizda esa 3 va 10 kilometr masofalarda o‘tkaziladi.  

An’anaga muvofiq, Namanganda “Grand Sherdor” mehmonxonasi oldidan “Uch favvora” xiyobonigacha bo‘lgan masofa start va finish nuqtasi sifatida belgilandi. Barcha hududlardagi bellashuvlarga 19 noyabr kuni soat 08:00 da start beriladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA