Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi 3 sentyabr kuni o‘tkaziladi
15:54 / 2023-08-10

Mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov joriy yilning 3 sentyabr kuni yurtimizning 16 ta shahrida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” yagona shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.    

[gallery-13072]

Jumladan, mamlakatimizning 16 ta shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasida turli yoshdagi havaskor va professional sportchilar hamda sog‘lom turmush tarzi ixlosmandlari “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida o‘tadigan “Yangi nafas” yugurish musobaqasida qatnashadi. Poytaxtimizda o‘tadigan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida 31 avgust kuniga qadar Iticket.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali ishtirok etish mumkinligi ta’kidlandi. 

Shuningdek, musobaqada 9 yosh va undan katta yoshdagilar 3 km masofa, 14 va undan kattalar esa 10 km masofada o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishi va ommaviy yugurishga barcha shaharlarda soat 6:30 da yagona start berilishi haqida xabar berildi.  

Toshkent shahrida ishtirok etish narxi quyidagicha belgilandi:   

–3 km masofa uchun – 99 000 so‘m ;  

–10 km masofa uchun – 149 000 so‘m .  

Ishtirokchi to‘plami quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  

–Futbolka  

–Kepka  

–Ishtirokchining start raqami  

–Raqamni ilish uchun to‘g‘nog‘ichlar :  

Ishtirokchilarga to‘plamlarini berish O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan 1-2-sentyabr kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar amalga oshiriladi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev, Alimurod Mamadaminov(surat)  

O‘zA muxbiri