English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi mukofotlar o‘z egalariga topshirildi
13:02 / 2019-12-13

Madaniyat vazirligi binosida “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni egalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Madaniyat vazirligi binosida “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni egalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 

Unda sohada ko‘p yillar faoliyat yuritgan, madaniyat va san’at rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan zahmatkash raqs, san’at va sahna ustalari, pardozchilar, muzey xodimlari, teatr rassomlari, teatr orkestrlari, shoirlar, soha o‘qituvchilari taqdirlandi. 

“Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni joriy yilda ta’sis etilgan bo‘lib jami 65 fidoyi inson shu mukofotga loyiq ko‘rildi. 

– Madaniyat sohasida 10 yildan buyon faoliyat olib boraman, – dedi Tomdi tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Juldizay Utemuratova. – Ko‘p yillar o‘qituvchi bo‘lib ishlaganman. Bolalarga qozoq adabiyotidan dars berganman. Qozoq folklorining jarangdor ohangi, xalq og‘zaki ijodining jozibadorligi meni maftun etadi. San’atning etagidan mahkam tutgan odamning ishi baroridan keladi, hayotida mazmun bo‘ladi. Tumanning chekka-chekka ovul-qishloqlarida musiqa, san’at to‘garaklarining o‘tilishini nazorat qilib boramiz. Maqsad madaniyat va san’at targ‘ibotiga yanada e’tibor qaratish. Ko‘krak nishon esa bizni ana shu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatib, charchamaslikka da’vat etadi. 

Mukofotni madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Badiiy akademiya raisi Akmal Nur, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi Rustam Abdullaevlar topshirdi.

“Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni mamlakatimizning barcha hududlarida madaniyat va san’at sohasida uzoq yillardan buyon fidokorona xizmat qilib kelayotgan jonkuyar xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan.