Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi MTT 120 nafar bolaning sevimli maskani
05:28 / 2022-04-21

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanining Obodon mahallasida joylashgan 10-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy usulda bunyod etilgan yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarni barkamol qilib tarbiyalash davlatimiz belgilab olgan siyosatning ustuvor yo‘nalishiga aylangani alohida ta’kidlandi.

– bugungi zamon bolalariga havasim keladi, – deydi mahalla faoli Xolbibi Ergasheva. – Ularning bor imkoniyatlardan foydalanib ulg‘ayishi, ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar, imkoniyatlar yaratib berilyapti. Bolalar bog‘chasiga bir qarang: qanday ko‘rkam, qanday shinam. Ichidagi jihozlariyu, o‘quv qurollarini aytmasa ham bo‘ladi. Keng, yorug‘ xonalar, bolalarbop mebel jihozlari, rang-barang o‘yinchoqlar bilan ta’minlangan. Hatto, bolajonlar uchun yozgi o‘yin maydoni barpo etilgan. Bularning barchasi kelajak avlodning ta’lim-tarbiyasi uchun ekanligi juda quvonarli.

Ochilish marosimidan so‘ng, tadbir ishtirokchilari muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

"Obodon" mahallasida qurilib, foydalanishga topshirilgan 120 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 3 milliard 287 million so‘m mablag‘i evaziga bunyod etildi.

 

Nigina Shoyeva, jurnalist