Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi metro poyezdlari ishga tushirildi
10:25 / 2021-09-07

Toshkent metropolitenida yangi metro poyezdlari poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi.

Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot xizmati ma’lum qildi.  

 O‘tgan hafta olib kelingan yangi poyezdlarning sozlash ishlari yakunlangach, eng ko‘p yo‘lovchilar oqimiga ega bo‘lgan Chilonzor yo‘nalishida uchta harakat tarkibi o‘z ishini boshladi. Qolgan yana ikkita metro poyezdi ham yaqin orada ushbu yo‘nalishda harakatlanishni boshlaydi.  

 Ta’kidlanishicha, endi Chilonzor yo‘nalishida ertalabki tig‘iz vaqt – soat 07:30 dan 9:00 gacha poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani va kechki tig‘iz vaqt – 16:30 dan 19:30 gacha 4 daqiqani tashkil etmoqda.  

 Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA