Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi mehnat kodeksida nimalar o‘zgardi
18:31 / 2023-05-26

Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi mazkur ishlarning izchil davomidir. Ushbu Kodeks mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil qilingan konferensiyada sog‘liqni saqlash, qurilish, statistika, iqtisodiyot va moliya, transport, Davlat kadastrlar palatasi, soliq boshqarmasi va boshqa tashkilotlar ishtirok etdi.  

Konferensiyada amaldagi Mehnat kodeksi normalarining amaliyotda qo‘llanishi, ish beruvchi va xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlari, ta’tillar, homilador va uch yoshgacha bola parvarishidagi ayollar huquqlari, mehnat imtiyozlari bo‘yicha adliya boshqarmasi va mutaxassislarning fikr mulohazalari tinglandi.  

– Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mehnat munosabatlarining vujudga kelishi uchun asoslar kengaytirildi, – deydi Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Hamdam Nazarov. – Mehnat kodeksiga elektron mehnat daftarchasini yuritish bo‘yicha qoidalar kiritilishi natijasida ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni to‘liq raqamlashtirish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, ayollarga, shu jumladan, homilador ayollarga yoxud uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga nisbatan qo‘shimcha imtiyozlar nazarda tutildi.  

Tadbir davomida kelgusida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi mehnat qonunchiligi doirasidagi buyruq, farmoyishlar chiqarilishida amaldagi Mehnat kodeksi talablariga rioya qilinishi yuzasidan kerakli uslubiy tavsiyalar berildi.  

A.MUSAEV, O‘zA.