Yangi Mehnat kodeksi mehnat ta’tili davomiyligi borasida ularni hisob-kitob qilishda yangi talablarni nazarda tutadi :
1) ta’tillar avvalgidek ish kunlarida emas, balki kalendar kunlarida hisoblab chiqariladi;
2) asosiy ta’tilning eng kam davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil qiladi (ilgari – o‘n besh ish kuni edi).
Ta’tilning yigirma bir kalendar kuni uch kalendar haftani tashkil etishini ta’kidlab o‘tmoqchimiz, bu olti kunlik ish haftasidan (xuddi shu uch kalendar haftasi) kelib chiqib hisoblanadigan ta’tilning o‘n sakkiz ish kuniga teng. Mazkur "formula" kelgusida ta’tillar davomiyligini kalendar kunlarda to‘g‘ri qayta hisoblashga yordam beradi.
Qo‘shimcha ta’til kunlarining davomiyligi olti kunlik ish haftasi hisobidan dam olish ish kunlarining umumiy davomiyligi bo‘yicha faqat kalendar kunlarida qayta hisoblanishi mumkin.
Misol uchun, agar dushanbadan boshlab to‘qqiz ish kunini sanashni olsak, ular chorshanba kuni tugaydi. Endi bu dushanbadan chorshanbagacha kalendar kunlarida qanday ko‘rinishini qayta hisoblaymiz. 10 kalendar kun hosil bo‘ladi.
Shunday qilib, ushbu vaziyatda xodimlarga yangi qoidalarga ko‘ra quyidagi miqdorda ta’tillar berilishi kerak:
*asosiy (mehnat) – yigirma bir kalendar kun davomiylikdagi;
*qo‘shimcha – o‘n kalendar kun
"Yurist tavsiyasi" ruknini kuzatib boring va o‘z haq-huquqlaringizni qonuniy himoya qiling.
Batafsil:
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/4eQlUqyWwuU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA