Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi mehmonxona foydalanishga topshirildi
11:18 / 2025-12-26

Davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida berilgan imtiyoz va imkoniyatlar asosida Yangi yil bayrami arafasida bir qator ob’ektlar foydalanishga topshirilmoqda.

Shu qatorda Nukus shahrida yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan “Ramada” mehmonxonasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yangi turizm ob’ekti foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tabrikladi.

Ta’kidlash joizki, “Karakalpak Palace” jamiyati tomonidan xalqaro “Ramada by Wyndham” brendi ostida 10 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ hisobiga qurilgan mehmonxonada bir vaqtning o‘zida 200 mehmonni qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Ushbu yangi turizm ob’ektida aholi, shuningdek, mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan.

Ochilish marosimi davomida nuroniy-oqsoqollar, faol ayollar va keng jamoatchilik vakillari mehmonxonada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri