English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi masjid foydalanishga topshirildi
21:23 / 2025-11-03

Yangiariq tumanidagi Ostona qishlog‘ida joylashgan Shayx Muxtor Valiy qadamjosi nafaqat xorazmlik, balki butun yurtdoshlarimizning tabarruk ziyoratgohlaridan biridir.

Shayx Muxtor Valiyning aniq biografiyasi hamma manbalarda bir xil emas, ammo u  XIV asrda Xorazmda diniy ta’lim tarqatib, qadimiy ma’naviy makonda xalq orasida mashhur sufiy ulamo va valiy shaxs hisoblangan.  

Ma’lumotlarga ko‘ra,  Shayx Muxtor Valiy maqbarasining oxirgi ta’miri 2008 yilda amalga oshirilgan.  

[gallery-26057]

— Prezidentimizning turizmni rivojlantirish, muqaddas qadamjolarni obod qilish borasidagi tashabbuslari bilan 2024 yilda mazkur maqbarada qayta rekonstruksiya ishlari boshlab yuborilgan edi, — deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakili, Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla Abdullayev. —Jami 11 milliard so‘m mablag‘ evaziga ziyoratgohda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borildi. Natijada mahalliy va xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchi sayyohlarning soni qariyb 3 baravarga oshdi.

Ziyoratgohda o‘tkazilgan tantanali tadbirda yangi qurilgan masjid foydalanishga topshirilib, uni bunyod etgan quruvchilarga minnatdorchilik bildirildi.

Tadbirda tuman hokimligi mutasaddilari,  imom xatiblar, tashkilot rahbarlari hamda nuroniylar ishtirok etdi. Yurtimizga tinchlik, barqarorlik tilab duoga qo‘l ochildi.  

Bu kabi tadbirlar yurtimizda buyuk tariximiz va ajdodlarimizga bo‘lgan yuksak e’tiborning namunasi o‘laroq hududlarda ziyorat turizmining rivojlanishiga ham xizmat qiladi.  

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari