Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi mashinalar berildi
12:24 / 2025-04-20

Sirdaryo viloyat hokimligining amaliy ko‘magi bilan Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga 4 ta maxsus jihozlangan “Damas” avtomashinasi topshirildi.

Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek Hasanovning  ma’lum  qilishicha, mazkur avtomashinalar xizmat ko‘rsatish hududi keng bo‘lgan tumanlarga – Boyovut, Mirzaobod, Xovos va Oqoltin tumanlariga taqsimlanishi rejalashtirilgan.

Bu maxsus avtotransport vositalari chekka hududlarda yashovchi aholidan olinadigan namunalarni laboratoriyalarga tezkor yetkazib berish, shuningdek, olis hududlarda epidemiologik tahlil va dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishda qo‘l keladi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar jarayonida sanitariya-epidemiologiya  xizmatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xususan, jadal harakatlanish imkoniyatiga ega avtotransport vositalari bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, infeksion kasalliklar tarqalishiga qarshi tezkor choralar ko‘rishda maxsus avtomashinalarning o‘rni beqiyos.

Mazkur tashabbus aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash borasida muhim amaliy qadam bo‘ldi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri