Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi markaz kichik biznes rivojiga ko‘maklashadi
09:48 / 2023-11-19

Termiz shahrida mamlakatimizda birinchi "Kichik biznesga ko‘maklashish markazi" tashkil etildi.

Prezidentimizning joriy yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ish boshlagan markaz kichik biznes loyihalarini tanlab, tashabbuskorlarni o‘qitish, moliyalashtirish va axborot bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Biznes rejalar va texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish, bozor topish bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatish singari tadbirkorlarni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash  dasturi  doirasidagi  tadbirlarni amalga oshiradi.

Yangi yilda markaz  mikrobiznesni qo‘llab quvvatlash orqali 1 ming 200 ta sub’ektni kichik va o‘rta biznesga o‘tkazib, 1 ming 300 tadbirkorning ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirishni, 450 tadbirkorning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishni mo‘ljallamoqda. Shuningdek, markazga yuklatilgan boshqa vazifalarni ham izchil amalga oshirib, sohani yangi bosqichga olib chiqishni ko‘zda tutmoqda.

Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yangi  markazda bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yib, tadbirkorlarning eng yaqin ko‘makchisiga aylantirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Markazni “Biznesni rivojlantirish banki” AT banki tashkil etdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri