English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi ma’muriy-hududiy birliklarda saylov o‘tkazish tartibi qanday?
14:07 / 2024-10-16

Bugun yurtimizning har bir hududida qurilish, bunyodkorlik ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Joylarda yangi turar-joylar, yangi massivlar barpo etilmoqda. Shuningdek, aholi sonining oshayotgani sababli ma’muriy-hududiy birliklar tarkibida o‘zgarishlar bo‘lmoqda, yangi tuman va shaharlar tashkil etilayotir.

Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklardagi aholi manfaatlarini ifodalash, vakillik organlarida ularning o‘z vakillari bo‘lishini ta’minlash muhim. Bu borada yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha alohida tartiblar mavjud.   

Jumladan, Saylov kodeksining 93/1-moddasida yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish tartibi o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlarga deputatlar saylovi ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinganidan keyin ikki oy ichida e’lon qilinadi.   

Yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida ikki oy qolganida tayinlanadi va qonunchilik talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi.   

Agar keyingi saylov kampaniyasi boshlanishiga uch oydan kam vaqt qolgan bo‘lsa yoki vakolatlari saqlab qolingan va yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikning xalq deputatlari Kengashi tarkibiga kirgan deputatlar soni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashida o‘n besh kishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashida o‘ttiz kishini tashkil etsa, yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birlikda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.   

M.Komilova, O‘zA