Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi maktab-internati – yangi binoda
14:30 / 2022-10-24

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 aprelda qabul qilingan “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi. 

[gallery-9238]

Ushbu maktabning yangidan barpo etilgan binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov, Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova, keng jamoatchilik vakillari, ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ta’lim maskani uchun sobiq Qarshi transport kolleji binosi ajratilib, qayta rekonstruksiya qilindi va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Mavjud sport zali, 120 o‘rinli yotoqxona binolari ta’mirlandi. Shuningdek, 250 o‘rinli shinam oshxona binosi qurildi.  

Matematika, fizika va ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan mazkur maktab-internatiga 2022/2023-o‘quv yili uchun 384 nafar bilimli va iqtidorli o‘g‘il-qiz imtihon asosida qabul qilindi.  

O‘zA fotomuxbiri

Jamshid NORQOBILOV olgan suratlar.