Yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Yashnobod mahallasida 204-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.
Tadbirda qayd etilganidek, zamonaviy va qulay sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu bino 630 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur maktabning umumiy sig‘imi 1 ming 634 nafarga yetdi. Bu esa bolajonlarimizning yanada keng va qulay muhitda ta’lim olishiga sharoit yaratdi.




Bahorning yangilanish ruhi ila amalga oshirilgan bu bunyodkorlik ishlari yosh avlodning porloq kelajagiga muhim hissa qo‘shadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA