English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi mahsulotlar taqdimoti
18:16 / 2023-08-09

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida shaxsiy himoya vositalari sohasidagi yangi mahsulotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

BNQIZ da ishchi-xodimlarni zararli omillardan himoya qilishga mo‘ljallangan, xavfli ishlab chiqarishlarda keng qo‘llaniladigan shaxsiy himoya vositalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda “Univet” kompaniyasi o‘z mahsulotlarini taqdim etdi.  

“Univet” vakili turli mutaxassisliklar uchun mo‘ljallangan ko‘zni himoya qilish vositalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Taqdimotda qo‘shimcha himoyalangan maxsus ko‘zoynaklar taqdim etildi. BNQIZ mutaxassislari ko‘zni himoya qiluvchi vositalarni shaxsan sinab ko‘rishdi.  

Ta’kidlash joizki, bunday taqdimotlarni tashkil etish yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan shaxsiy himoya vositalarini tanlash masalasiga yanada malakali yondashish imkonini beradi. Bu xodimlar ishini yanada qulay va xavfsiz qilish uchun yangi imkoniyatdir.  

Italiyaning “Univet” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan neft absorbsiyasining innovatsion texnologiyasi sohasidagi taqdimotni taqdim etdi. Bu to‘kilgan neftni suv aralashmalarisiz shimdirib olish imkonini beruvchi o‘ta samarali materialdan foydalaniladi.  

Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan loyihalarni muhokama qildi. O‘zaro taklif va imkoniyatlar, hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.  

Ma’lumot uchun: “AGIS SAFETY” MCHJ Italiyaning “Univet” kompaniyasi ko‘zni himoya qilish uchun professional uskunalar ishlab chiqaruvchisining rasmiy distribyutori va yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Deyarli 20 yil davomida “Univet” turli sohalar uchun yuqori texnologiyali ochiq va yopiq, shu jumladan, tuzatuvchi linzalari bo‘lgan ko‘zoynaklar ishlab chiqaradi.  

Zarif Komilov, O‘zA