Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi mahsulotlar taqdimoti
16:35 / 2015-12-22

Namanganda kichik biznes subyektlari tomonidan “Made in Uzbekistan” belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Namanganda kichik biznes subyektlari tomonidan “Made in Uzbekistan” belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda viloyat iqtisodiyot, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, soliq, bojxona boshqarmalari, “O‘zstandart” agentligi Namangan hududiy standartlashtirish va sertifikatlashtirish boshqarmasi, tijorat banklari, ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

– Viloyat yalpi hududiy mahsulotining 80 foizi aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisobiga to‘g‘ri kelayotgani mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samarasiga yaqqol misoldir, – deydi Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ibrohimjon Sattorov. – Import o‘rnini bosadigan va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar safi tobora kengayib borayotgani yanada e’tiborlidir. Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 112 eksportchi korxonaning 103 tasi kichik biznes subyektidir.

Tadbirda asal yetishtirish va qadoqlashga ixtisoslashgan “Sof asal”, polietilen xomashyosidan pufakchali qadoqlash mahsuloti ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan “Norin mega tech”, tikuvchilik yo‘nalishidagi “Ixlos tekstil sanoat”, paypoq to‘qishga ixtisoslashgan “Sofiya sof tekstil”, poyabzal ishlab chiqaruvchi “Fayz poyabzal savdo” kabi qator korxonalar mahsulotlari namoyish etildi.

– Mamlakatimizda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasini tashkil qilishimizda katta ahamiyat kasb etdi, – deydi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Sofiya sof tekstil” qo‘shma korxonasi rahbari Murodjon Qodirov. – Korxonada Janubiy koreyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda erkaklar, ayollar va bolalar uchun mavsumbop paypoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik.

Tadbir doirasida korxonalar rahbarlari o‘z biznes loyihalarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida amalga oshirgan ishlari, korxona faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Soliq, bojxona, sinov va sertifikatlash kabi qator nazorat va davlat xizmati ko‘rsatuvchi idoralar vakillari bilan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.