Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi loyihalar va yangi ish o‘rinlari
16:23 / 2024-10-08

Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish maqsadida umumiy qiymati 63 million dollarlik 38 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shundan 20 million AQSH dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisoblanadi.

Xususan, Buxoro shahrida “Metric Ventures”, “International Hotel Services”, “Sakina Servis”, “Kinorica”, “Muhabbat Xayri Saxovat”, “1001 nights”, “Somoniy Travel” MCHJlar hamda Abera Qodirova tomonidan yirik mehmonxonalar qurilishi olib borilmoqda.

Mazkur mehmonxonalar ishga tushishi natijasida 700 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.