French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi loyihalar hamkorlik rivojida muhim
22:17 / 2024-03-13

Xalqaro moliya institutlari, xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida “Korporativ rivojlanish va transformatsiya” dasturini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Tegishli hududiy suv ta’minot korxonalari korporativ boshqaruvi va faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Ernst and Young Advisory” kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. 

“O‘zsuvta’minot” AJda kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda boshqaruv raisi o‘rinbosari v.b. Xurshid Rahmatullayev hamda Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent shahri suv ta’minoti korxonalari rahbarlari videokonferensaloqa shaklida ishtirok etdi. 

Uchrashuv chog‘ida dastur doirasida ishlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi. 

Xususan, ETTB tomonidan moliyalashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish doirasida “O‘zsuvta’minot” AJ va “Ernst and Young Advisory” kompaniyasi o‘rtasida “Korporativ rivojlanish va transformatsiya” dasturi doirasida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 

Loyihaga ko‘ra, “O‘zsuvta’minot” AJning tegishli hududiy suv ta’minoti korxonalari faoliyatini tahlil qilish, tavsiyalar va boshqa hujjatlar bilan hisobotlar tayyorlash nazarda tutilgan. 

Loyihaning maqsadi korxonalarning institutsional, boshqaruv, operatsion va moliyaviy salohiyatini oshirishdan iboratdir. 

Nilufar Bozorova, O‘zA muxbiri