English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi loyihalar amalga oshirilmoqda
16:42 / 2014-07-16

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ham yangi sanoat korxonalari ishga tushirilmoqda. 

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ham yangi sanoat korxonalari ishga tushirilmoqda. Natijada aholining bandlik darajasi, turmush farovonligi yanada yuksalib, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanmoqda.

2013-yili tumanda tibbiyot, sanoat va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yigirmata korxona ishga tushirilgan. Buning evaziga olti yuzdan ziyod yangi ish o‘rni ochilgan.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 12-iyulda qabul qilingan “2013-2015-yillarda Toshkent viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Tumanda mazkur hujjatda ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida “Sun way build”, “Ayshona biznes”, “Yangiyul fito kosmetiks” singari oltita ishlab chiqarish obyekti faoliyat boshladi. Besh million 540 ming AQSh dollari yo‘naltirilgan ushbu korxonalarning ishga tushirilishi qariyb 400 nafar yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash imkonini berdi.

Eng zamonaviy dastgohlar bilan ta’minlangan “Sun way build” mas’uliyati cheklangan jamiyatida polipropilen qoplar, karton qog‘ozdan turli shakl va o‘lchamdagi qutilar ishlab chiqarilmoqda.

– Tayyor mahsulotlarni ichki bozorga sotmoqdamiz, – deydi “Sun way build” rahbari D.Anvarov. – Ayni paytda mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz.

Tuman hokimligidan ma’lum qilishlaricha, yil yakuniga qadar 9 million 540 ming dollarlik o‘n to‘rtta loyihani hayotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Buning amalga oshirilishi bilan yana mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.