Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi loyihalar aholi farovonligiga xizmat qiladi
12:24 / 2025-07-06

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida sut mahsulotlarini qayta ishlash va ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Tumandagi “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qurilayotgan sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan ob’ektning umumiy loyiha qiymati 1 milliard 687 million 960 ming 632 so‘mni tashkil etadi. Loyiha Jizzax viloyati hokimligi yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi unitar korxonasi buyurtmasiga asosan “Obi Sangzor” MCHJ pudratchiligida amalga oshirilmoqda. Ob’ektni 140 kun ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tumandagi yana 6 ta mahallada ozuqa tayyorlash maskanlari hamda yengil konstruksiyali sutni qabul qilish punktlari ham tashkil etish ishlari davom etmoqda.

– Ushbu loyihalarni amalga oshirishimiz nafaqat aholi turmush darajasini oshiradi, balki, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Eng muhimi, aholi bandligi ta’minlanishida va kambag‘allik darajasidan chiqishida muhim o‘rin tutadi, – deydi Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov.

Ana shunday muhim loyihalardan yana biri tumandagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ozuqa tayyorlash maskani va sutni qabul qilish punkti qurilishidir. Maxsus ajratilgan 32x24 metr maydonda 600 tonna slyos sig‘imiga ega zamonaviy infratuzilma qurilmoqda. Ushbu ob’ektda kelgusida naslli chorva mollarini parvarishlash uchun zarur bo‘lgan ozuqa zahirasini saqlash imkoni yaratiladi. Chorvachilikda yuqori samaraga erishishning bosh omili bu – sifatli ozuqa g‘amlash va to‘g‘ri parvarish qilishdir. Tuman rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar tez kunlarda albatta o‘z mevasini beradi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishida Bo‘ston MFY hokim yordamchisi Farhod Bastamovning ham xizmatlari beqiyos. U mahalladagi aholi o‘rtasida naslli chorva mollarini ko‘paytirish, ular uchun zamonaviy sharoit yaratish borasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. Mahalla fuqarolarining chorvachilikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni loyihalarda ishtirok etishga jalb qilish orqali mahallaning iqtisodiy quvvati yanada oshishi ta’minlanadi. Bu kabi tizimli ishlar, kelajakda Arnasoy tumanida yuqori sifatli sut va sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari