Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi loyiha iqtidorlarni kamol toptiradi
14:54 / 2025-03-05

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talaba-qizlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularning hayotda mustahkam o‘rin egallashlariga ko‘maklashish maqsadida oliy o‘quv yurtining Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Rivojlanish sari...” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur loyiha doirasidagi ilk tadbir seminar-trening shaklida tashkil etildi.

Dastlab universitet rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Sardor Xo‘janiyozov so‘zga chiqib, mamlakatimizda, qolaversa, universitetda ayol-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ilmli va bilimdon bo‘lib voyaga yetishi, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.  

– Ayol mamlakat taraqqiyotiga, jamiyat rivojiga, millat kelajagiga munosib hissa qo‘shuvchi buyuk tarbiyachidir, – deydi Sardor Xo‘janiyozov. – Uning mehr-muhabbati kelajagimiz egalari unib-o‘sishi, ularning jonajon Vatanimiz ravnaqi, tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlar sifatida voyaga yetishida muhim rol o‘ynaydi. Tadbirda talaba-qizlarimiz milliy liboslarda ishtirok etishdi. Bu esa nafaqat milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, balki qizlarning o‘z an’analariga bo‘lgan hurmatini mustahkamlashga xizmat qildi.  

“Rivojlanish sari...” loyihasining asosiy maqsadi  talaba-qizlarni nafaqat ilm-fan, balki turli sohalarda o‘z o‘rnini topishga rag‘batlantirish, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashdir.

Treninglar davomida turli muvaffaqiyatga erishgan ayol yetakchilar, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar o‘qildi.  

[gallery-22108]

Shuningdek, qizlarning shaxsiy rivojlanishi, liderlik qobiliyatini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda kasbiy yo‘nalishda muhim tavsiyalar berildi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari