English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi loyiha: farzandim bilan bir kun
21:59 / 2024-03-21

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 23-fevralida yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda belgilangan muhim vazifalar ijrosi doirasida prokuratura organlari tomonidan amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Namangan viloyati prokurori, viloyat ikkinchi sektori rahbari, adliya maslahatchisi Umirbek Madrahimov tashabbusi bilan prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida “Farzandim bilan bir kun” loyihasi tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad xodimlarning kasbga bo‘lgan sadoqatini yanada oshirish, oilaparvarlik va o‘z kasbidan iftixor tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan. Tadbirda xodimlar farzandlarini ish joyiga olib kelib, xizmat xonalari bilan yaqindan tanishtirdi. So‘ngra yangi bunyod etilgan Namangan viloyati Qo‘g‘irchoq teatrida O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo  asari asosida sahnalashtirilgan “Alisherbek va Xusayn” spektaklini tomosha qilishdi.

Shuningdek, Namangan tarixi va madaniyati muzeyiga o‘tkazilgan ekskursiya ham prokuratura xodimlari va ularning farzandlariga ma’naviy ozuqa berdi. Har bir o‘g‘il- qiz Namangan tarixiga oid hujjatlar va muzey eksponatlari haqida batafsil ma’lumot oldi.

Tadbir yakunida prokuratura xodimlari farzandlari bilan birgalikda Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida madaniy hordiq chiqardi.

Mazkur xayrli tadbirlar o‘z navbatida xodimlarning ish bilan bir qatorda oila mas’uliyatini chuqur his etishi, asosiysi, farzandlar tarbiyasiga doimiy e’tiborli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Oqilxon Dadaboyev,  

O‘zA muxbiri