French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi loyiha asosida yiliga 500 tonna uzum urug‘i qayta ishlanadi
15:17 / 2021-12-01

Buyuk bobokalonimiz, tabobat ilmi sultoni Abu Ali ibn Sino uzum urug‘idan olinadigan yog‘da inson organizmi uchun nihoyatda foydali bo‘lgan vitaminlar borligini isbotlagan. Xususan, yog‘ tarkibida juda yuqori konsentratsiyada A, V, S, Ye vitaminlari, makro va mikroelementlar, yog‘ kislotalari va biriktiruvchi moddalar mavjud.

Uzum urug‘idan olingan yog‘ning shifobaxsh xususiyatlari inson salomatligi uchun juda foydali ekan. Jumladan, barcha yoshdagi bemorlarda immunitetni oshirish, yurak ishemik kasalligi hamda bosh miya kon aylanishining buzilishida (infarkt-insult profilaktikasi), ateroskleroz kasalligida, ko‘zning ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda, organizmda modda almashinuvini tiklashda, allergik kasalliklarda (bronxial astmada), suyak tuzilishi kasalliklarida, erkak va ayollardagi bepushtlikka oid kasalliklarni davolashda, organizmning qarish jarayonlarini sekinlashtirishda va boshqa ko‘plab kassaliklarni davolashga yordam berar ekan.

AQSHning Kentukki universiteti olimlari qora uzumning po‘sti va danagi leykemiya kasalligiga qarshi kurashishda yordam berishini isbotladi. Tajriba davomida bemorlarga uzum danagi ekstraktidan qabul qilish tavsiya etilgan. Kuzatuv yakunida ma’lum bo‘lishicha, uzum danagi yomon sifatli o‘smalarni yemiruvchi oqsillarni faollashtirar ekan. Kaliforniya universiteti olimlari ham shu yo‘nalishdagi tajribalarni ko‘plab o‘tkazgan. Ularning so‘nggi tadqiqotlaridan birida uzum danagi ekstrakti oshqozon saratoni xavfini kamaytirishi isbotlandi.

Biz uzimini yeb, danagini tashlaymiz. Aslida uzum danagi koni foyda ekanligini o‘ylab ham ko‘rmagan ekanmiz. bugungi kunda O‘zbekiston miqiyosida har yili taxminan 60 ming tonnadan ziyod uzum mahsulotlari korxonalar tomonidan qayta ishlanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarida yiliga 3 ming tonna uzum urug‘idan tayyorlangan yem shu vaqtgacha chorvaga beriladi.

Uzum urug‘idan olingan yog‘ shifobaxsh xususiyatga ega ekan, nega unda ishlab chiqarilmaydi?

Hozirda Sirdaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Bunyod gold” MCHJ tomonidan innovatsion yondashuv asosida uzum urug‘idan yog‘ ishlab chiqarish loyihasi ishlab chiqildi.

[gallery-4881]

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, yiliga 500 tonna uzum urug‘i qayta ishlanadi. 500 tonna uzum urug‘idan o‘rtacha 50 tonna (10 foizi) yog‘ olinadi. Uzum urug‘ini moyi olingandan keyin hosil bo‘ladigan kunjara chiqindisini ham qayta ishlash imkoniyati mavjud.

– Loyiha doirasida uzumni qayta ishlash jarayonida ajralib chiqayotgan uzum urug‘idan inson salomatligi uchun foydali farmatseftika va kosmetologiya sohasida foydalanish uchun eksportbop, presslash usulida moy ishlab chiqariladi, – deydi “Bunyod gold” MCHJ rahbari Sh.Yariyev. – Ushbu mahsulotlarga Rossiya, Turkiya va boshqa Yevropa davlatlarida talab yuqori.  Shu bois ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 70-80 foiz qismi ekportga yo‘naltiriladi. Yog‘ tarkibida kaliy, natriy, kalsiy, temir moddalari, to‘lik tuyinmagan yog‘ kislotalari, flavonoidlar, fitosterollar, kremniy, tulik tuyinmagan linol kislotalari, stearin, palmitomin, araxidon kabi kislotalar mavjud. Uzum urug‘ining yog‘i tarkibidagi xlorofil ushbu shifobaxsh yog‘ning yashil rangini ta’minlab beradi. Tabiatda fakat uzum urug‘i yog‘ida uchraydigan tabiiy antioksidant resveratrol borligi, bu yog‘ning kiymatini yanada oshiradi.

 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA