Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kutubxonalar
16:27 / 2024-03-02

Boyovut tumanida bahor oyining ilk kunida bir emas, ikkita mo‘jaz kutubxona o‘z faoliyatini boshladi. Tumanning Tinchlik hamda Laylakko‘l mahallalarida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimlarida tuman hokimi, senator Dilfuza Uralova, tuman sektorlar rahbarlari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan Dilfuza Uralova barchani yasharish va yangilanish fasli, bahor ayyomi bilan muborakbod etib, inson bilimni asosan kitob orqali olishi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanishi, yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni o‘qiganda, ularning dunyoqarashi kengayib, hayotga munosabati o‘zgarishi haqida so‘z yuritdi.  

Tadbir ishtirokchilari ham kitobning inson hayotidagi o‘rni, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishning ahamiyati haqida to‘xtalib, ushbu kutubxonalar  kelgusida kitobxonlarning eng sevimli maskani bo‘lishi haqida gapirdilar.  

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri