Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi korxonaga press-tur
16:27 / 2023-10-04

Qibray tumanida yangi ishga tushirilgan sanoat ventilyatsiyasi va havo tozalash mikroiqlim tizimlari tayyorlovchi korxonaga “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.

Oxirgi paytlarda kichik biznes vakillarining ilg‘or tashabbus va izlanishlari orqali yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish o‘zlashtirilib, iqtisodiyot tarmoqlar hamda aholining ehtiyojlari uchun arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Prezidentimizning 8 sentyabr kuni tarmoq va hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “TECHNOTERMO” korxonasida yangi sanoat quvvatlari ishga tushirildi.

– Loyiha qiymati qariyb 2 million dollarni tashkil etadi, – deydi korxona rahbari Vadim Ten. – Bu yerda yiliga 2 ming dona ventilyatsiya va mikroiqlim tizimlari ishlab chiqariladi. Ayni paytda bu yerda 50 ga yaqin yangi ish joyi ham yaratildi. Mahsulotlarimizga ichki bozorda talab katta. Sababi yil sayin barcha hududlarda yangi davlat va jamoat binolari qurilmoqda.

Press-turda ushbu quvvatlarning nafaqat mamlakat iqtisodiyoti, balki sanoat korxonalarida, xususan, to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar uchun katta ahamiyatga ega ekani haqida ma’lumot berildi. “Zamonaviy qurilish bozori tendensiyalarini o‘zida aks ettiruvchi sanoat ventilyatsiya va havo tozalash mikroiqlim tizimlari” majmuini bir joyga jamlagan mazkur korxonada hozir mahalliylashtirish darajasi 80 foizdan oshgan.

[gallery-13867]

Mutaxassislar jurnalistlarga energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan, sifatli sanoat ventilyatsiya tizimlari, isitish va sovutish texnologiyalari asosidagi ishlab chiqarish jarayonlarini namoyish etdi.

A.Musayev, D.Ernazarov(surat),

O‘zA muxbirlari