FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim loyiha – “Huazi Investment Co Ltd” MCHJ tomonidan turli xildagi pishiq g‘isht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona barpo etildi.
Korxona tumanning “Buyrapusht” mahallasida joylashgan bo‘lib, 50 nafar aholini doimiy ish o‘rni bilan ta’minlash imkoniga ega. Loyihaning umumiy qiymati 36 milliard so‘mni tashkil etadi. Shundan 16 milliard so‘mi tadbirkorning o‘z mablag‘i, 20 milliardi esa “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan moliyalashtirildi. Yangi korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 60 million dona pishiq g‘ishtni tashkil qiladi.
[gallery-26449]
Mazkur loyiha tuman infratuzilmasini rivojlantirish, qurilish materiallari bozorida sifatli mahsulotlar ulushini oshirish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA