Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi korxonada yiliga 1 million tonna sement ishlab chiqariladi
14:44 / 2022-08-30

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi arafasida Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi Xidirsha mahallasida sement ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi.

Keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan korxona ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqarish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, mazkur yo‘nalishda yangi yangi loyihalar ishga tushirilib, yurtimiz iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.

[gallery-8576]

– Andijon viloyatida 2021-2022 yillarda umumiy qiymati qariyb 20 trillion so‘mga teng 600 ga yaqin investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 60 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi, – dedi viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov. – Bunda to‘qimachilik, qurilish materiallari, elektr texnikasi, charm-poyabzal, oziq-ovqat va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish sohalari “drayver” bo‘ladi.

Umumiy loyiha qiymati 50 million AQSH dollariga teng mazkur korxona “GSR building materials” mas’uliyati cheklangan jamiyati va xorijiy investorlar hamkorligida barpo etildi. Korxona ishga tushishi bilan viloyatdagi qurilishlarga arzon, sifatli mahalliy sement yetkazib berish imkoniyati kengaydi, 200 nafar kishi doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov,

O‘zA