English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi korxonada 60 ta ish o‘rni yaratildi
12:27 / 2025-11-27

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanining “Azlarsoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy un ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi. Mazkur loyiha “Business Capital” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.       

Korxona 0,85 gektar yer maydonida barpo etilib, unga “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan 1 million 64 yevro miqdorida kredit mablag‘i ajratildi. Qurilish ishlari uchun tashabbuskor o‘z mablag‘idan 1 million AQSH dollarini yo‘naltirdi.   

[gallery-26440]

Ishlab chiqarish jarayoniga Turkiya davlatidan olib kelingan zamonaviy texnologiyalar jalb etilgan. Bu esa mahsulot sifatini yuqori darajada ta’minlash imkonini beradi. Korxonaning eksport salohiyati yiliga 3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Bu yerda 60 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Mazkur loyiha tumanning sanoat salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda eksport ko‘rsatkichlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA