Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi korxonada 400 nafar ayollar va yoshlar ish bilan ta’minlandi
16:24 / 2021-01-12

Navoiy viloyati Navbahor tumanida yaqinda ish boshlagan “Navbahor kasaba chevarlari” tikuv sexi loyihasiga «Xalq banki» tomonidan 4 mlrd so‘m kredit va tashabbuskorlarning 2 mlrd so‘m mablag‘lari jalb qilindi.

Korxonada 10 turdan oriq kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Tumanning Qalqonota mahallasida tashkil etilgan tikuvchilik sexida 400 nafar xotin-qiz faoliyat yuritmoqda.  

— Men Toshrabot mahallasida yashayman, - deydi tikuvchi Madina Abduqahhorova. — O‘tgan yil noyabr oyidan bu yerda ish boshladim. Unga qadar 3 oy o‘quv kurslarida malaka oshirdik. Bu davrda bizlar uchun stipendiya ham to‘landi. Korxonamizdagi shart-sharoitlar yuqori darajada va bundan mamnunmiz, albatta.

[gallery-753]

 Siroj ASLONOV (surat),  O‘zA