Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi korxonada 150 nafar xotin-qiz ish o‘rniga ega bo‘ldi
16:57 / 2022-07-26

Namangan viloyati Pop tumanining eng olis hududi bo‘lgan Navbahor mahallasida yillar davomida qarovsiz bo‘lib turgan sobiq kolxoz binosi 10 milliard so‘m mablag‘ evaziga qayta ta’mirlanib, barcha qulayliklarga ega zamonaviy tikuvchilik va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonasiga aylantirildi.

Mazkur korxona to‘liq ishga tushirilishi natijasida yiliga 3 million AQSH dollari qiymatidagi mahsulot ishlab chiqarilib, mahsulotlarning 70 foizi Yevropa mamlakatlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, hududdagi "Temir daftar", "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari" ro‘yxatida bo‘lgan 150 nafar ishsiz aholi qatlamiga yangi ish o‘rni yaratildi.

– Tadbirkorlik faoliyati hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali kambag‘allikni qisqartirishga deputatlarimiz munosib ko‘maklashmoqda, – dedi Nilufar Turopova. –Xususan, tumanimizning eng chekka xududida joylashgan mahallamizda bunday korxonaning ishga tushirilishi biz xotin-qizlarni juda ham quvontirdi. Boisi endi biz ish bilan band bo‘lish bilan birga, oilamiz daromadi ko‘payishiga ham o‘z hissamizni qo‘shamiz.  

Mazkur ezgu ishlar Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari, “ART SOFT HOLDING” kompaniyasi boshqaruvchilari Olimxon va G‘iyosiddin Babaxanovlar tomonidan amalga oshirildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA