FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida “Mirishkor Rateks tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyat boshladi. Loyiha tadbirkor Muxtor To‘ychiyev tomonidan 3 million AQSH dollari shaxsiy mablag‘ va 7 million dollar xorijiy investitsiya hisobidan amalga oshirildi. Yangi korxona yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Ishlab chiqarish jarayoniga Xitoy texnologiyasi joriy etilgan. Ish boshqaruvchisi Bahrom Yo‘ldoshevning aytishicha, hozirda korxonada kuniga 8–12 tonna tola qayta ishlanmoqda. Tayyor mahsulot ichki bozorga yetkazilishi bilan birga, eksportga ham chiqarilishi rejalashtirilgan.
[gallery-27733]
Loyiha natijasida 180 kishi ish bilan ta’minlandi. Ishlab chiqarish hajmi oshishi bilan qo‘shimcha ishchi kuchiga ehtiyoj paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA