English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
YANGI KORXONA: boʻkalik xotin-qizlarga bayram tuhfasi
14:45 / 2020-05-22

Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi “Katta ravot” MFY hududida “Katta ravot baraka chevarlari” korxonasi foydalanishga topshirildi.


Toshkent viloyati Boʻka tumanidagi “Katta ravot” MFY hududida “Katta ravot baraka chevarlari” korxonasi foydalanishga topshirildi.

Korxonaning umumiy qiymati 700 million soʻmni tashkil etdi. 950 million soʻmga esa xorijdan zamonaviy dastgohlar olib kelib oʻrnatildi.

Keng va yorugʻ binoda oʻrnatilgan zamonaviy dastgohlarni koʻrib havasingiz keladi. Xotin-qizlarning tikuvchilik mashinasini mohirlik bilan boshqarayotgani esa qishloqlarimizga ham sanoat jadal kirib borayotganidan dalolat beradi. Eng muhimi, tayyorlanayotgan mahsulotlar sifati va dizayni jihatidan xorijnikidan aslo qolishmaydi. Shu bois, chet davlatlar bilan mahsulot eksporti boʻyicha shartnomalar tuzilgan.

Toshkent viloyat hokimiyati axborot xizmatining maʼlum qilishicha, korxonada 10 turdagi kiyim-kechaklar va tibbiyot niqoblari tayyorlash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 30 foizini ichki bozorga, qolgan qismini esa eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan. Ayni chogʻda esa yangi korxonaning ishga tushirilishi sabab tumandagi “Katta ravot”, “Oʻrta tepa”, “Ravot” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida istiqomat qiluvchi 300 xotin-qiz doimiy ish bilan taʼminlandi.