Namanganda bundan salkam yarim asr muqaddam qurilgan, Davlatobod tumanidagi sakkizta mahallani bir-biri bilan bog‘lovchi ko‘prik qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgani aholiga shodlik ulashdi.
Mazkur ob’ektning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
Ko‘prik 1977 yili qurilgan bo‘lib, 1993 yili yaroqsiz holga kelganligi sababli undan transport vositalarining o‘tishi to‘xtatilgan edi. Ko‘prikni to‘la ta’mirlash uchun umumiy qiymati 4 milliard 154 million 900 ming so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada ushbu ob’ektda yer ishlari, temir-beton qoziqlarini o‘rnatish, qirg‘oqlarni mustahkamlash, plita montaj, piyodalar yo‘lagi, ko‘prik va avtomobil yo‘lini bog‘lovchi yo‘lning bo‘ylama nishabligini to‘g‘rilash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, Namangan shahridagi Shimoliy Farg‘ona kanalining 3,1 kilometr uzunlikdagi qismi 29 milliard 836 million so‘m evaziga rekonstruksiya qilindi va keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari bajarildi.
[gallery-13469]
Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA muxbirlari