Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi konstitutsiyaviy qonun loyihasi aholi manfaatlariga xizmat qiladi (+video)
22:11 / 2023-04-30

"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ovoz berish jarayonlarida odatdagidek xorijlik kuzatuvchilar ham ishtirok etib, jarayonlarning nechog‘lik shaffof olib borilayotganini kuzatib borishdi. Mazkur tarixiy va siyosiy voqeaga guvoh bo‘lgan hindistonlik kuzatuvchilardan biri esa o‘z taassurotlarini shunday ifodaladi;

“Avvalambor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan referendumda ishtirok etib, bu to‘g‘risida fikr bildirish imkoniyati paydo bo‘lganidan mamnunman. Tarixiy va muhim siyosiy voqeilik hisoblanmish ushbu referendum aynan birodar O‘zbekiston mamlakatida bo‘lib o‘tayotgani biz uchun o‘ta ahamiyatli. Men ushbu referendumda turmush o‘rtog‘im va hamkasblarim bilan qatnashmoqdaman. Kuzatuvchi sifatida kasbiy faoliyatimdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, jarayonlar juda katta tajribaga va taassurotlarga boy o‘tmoqda. Referendumda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik birodarlarimizning ko‘zidagi quvonchni, ularning o‘z kelajagiga befarq emasliklarini ko‘rib, rosti quvondim”, deydi u.

Shuningdek, kuzatuvchi “Ushbu muhim siyosiy kun - O‘zbekiston tarixida bir umrga muhrlanib qolishi, ovoz berish jarayonlari esa mamlakat rivojlanishi va barqarorligi uchun juda katta xizmat qilishi”ga ishonch bildirdi.  

“Referendumda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish jarayonlarida boshqa kuzatuvchilar bilan ham muloqotda bo‘lish, fikr almashish biz uchun juda hayajonli jarayon bo‘ldi. Bu esa milliyligimiz, o‘zligimiz darajasi bilan bir qatorda xalqaro tajribani ham o‘rganish imkonini beradi. O‘zbekiston aholisi esa o‘z mamlakati taqdiriga befarq bo‘lmagan holda o‘z konstitutsiyaviy huquqi va erkinligidan to‘laqonli foydalanish barobarida, mamlakat taqdirini ham belgilamoqda deyish mumkin” deydi u.

Shuningdek mehmon, mamlakatimiz yangi tahrirdagi konstitutsiya moddalariga kiritilgan har bir o‘zgarish va qo‘shimchalar fuqarolarning manfaatlari yo‘lida xizmat qilishga qaratilganini ta’kidladi va  O‘zbekiston xalqiga omad tiladi.  

<iframe width="1536" height="754" src="https://www.youtube.com/embed/S2jhr1d90hI" title="Yangi konstitutsiyaviy qonun loyihasi aholi manfaatlariga xizmat qiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov, O‘zA