Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Konstitutsiya yurt taraqqiyotiga xizmat qiladi
16:46 / 2023-03-23

Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi deputatlar guruhi tomonidan O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasining loyihasini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, uning mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tuman madaniyat markazida o‘tgan tadbirda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tuman tibbiyot va ta’lim tizimi vakillari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Forish tumani adliya bo‘limi maslahatchisi Bekzod Turopov seminar ishtirokchilariga O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan o‘zgartishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, seminarda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Ra’no Daulanova, mahalliy Kengash deputatlari Ahmad Soyaqulov, Gulnoz Ikromova, Qobil Xidirov va boshqalar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzuga oid savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldi.

A.QAYUMOV,

J.YORBEKOV (surat), O‘zA