Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Konstitutsiya – xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!
16:05 / 2023-04-11

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimizda 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon hamda Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida aholi xabardorligini oshirish maqsadida Surxondaryoda “Yangi Konstitutsiya – xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.  

Navbatdagi targ‘ibot tadbirida Respublika ishchi guruhi a’zolari Angor tumanidagi “Baraka” savdo majmuasida bo‘ldi.  

Hududdagi Hunarmandlar markazidagi tikuvchilik sexida 508 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. Ishchi guruhi a’zolari tikuvchilar faoliyati bilan tanishib, ular bilan suhbatlashdi.

[gallery-11384]

Markazda tuman “Oqila ayollar” harakati a’zolari, uyushmagan aholi, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlar hamda tikuv sexi ishchilari uchun konsert dasturi tashkil etildi. Taniqli san’atkorlarning sho‘x kuy-qo‘shiqlari barchani xushnud etdi.

Ishchi guruh a’zolari tumanning Karvon mahallasiga ham tashrif buyurib, bu yerda nuroniy otaxonu onaxonlar bilan dildan suhbat qurdi.

Keyingi manzil tuman tibbiyot birlashmasi bo‘ldi. Bu yerda targ‘ibotchilar Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida so‘z yuritib, aholi salomatligi muhofazasi yo‘lida olib borilayotgan tadbirlarning Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi har bir fuqaroning sog‘ligi borasidagi huquqining ta’minlashiga asos bo‘lishini ta’kidladi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA