Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi Konstitutsiya uchun ovoz berib, inson huquqlarining fundamental asoslari mustahkamlanishiga hissa qo‘shing
11:48 / 2023-03-25

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova:

— Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi Konstitutsiya darajasida belgilanmoqda.  

Bu bilan qiynoq holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar ildizi qirqilmoqda. Shuningdek, inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan Miranda qoidasi, ya’ni shaxsni ushlab turish chog‘ida unga huquqlari, ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi bo‘yicha ham norma kiritilayapti.  

Yangilanayotgan Konstitutsiyada shu kabi inson qadri, manfaati uchun xizmat qiladigan normalar amaldagisidan 3 baravarga ko‘p.  

Hattoki ularni amalga oshirish mexanizmlari, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi nazarda tutilmoqda.  

Men ombudsman sifatida bunga befark emasman va sizlarni ham referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman. Yangi Konstitutsiya uchun ovoz berib, inson huquqlarining fundamental asoslari mustahkamlanishiga hissa qo‘shing!  

O‘zA