French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlandi
18:02 / 2023-03-30

Buxoro shahar NNT va Do‘stlik uyida viloyatdagi NNT vakillari va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirokida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va referendum bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Barqaror rivojlanish markazi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.  

Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Abira Husenova, O‘zbekiston Respublikasi FA huzuridagi Davlat va Huquq instituti direktori, professor Murod Turg‘unov, O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi direktorining 1-o‘rinbosari, professor Mirzatilla Tillabayev ma’ruza qildi.  

Tadbir keng jamoatchilikni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va bo‘lajak referendumga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ijrosi bilan tanishtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.  

bugungi kunda Konstitutsiyamiz va qonunlarimiz talabiga ko‘ra so‘z, axborot, e’tiqod, fikr va g‘oyalar erkinligi hamma fuqarolarga tegishli hisoblanadi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Fuqarolarning fikr, so‘z va e’tiqod erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash – rivojlangan demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim shartidir”.  

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari roli va ahamiyatini tubdan oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, 200 dan ortiq akt, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.  

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga oxirgi besh yil davomida nodavlat notijorat tashkilotlar soni 22 foiz oshgani, jumladan, respublika bo‘yicha 200 ga yaqin yirik nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat boshlagani to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shuningdek, birgalikda bugungi kunda ushbu fuqarolik jamiyati institutlari inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda bag‘rikenglik va inson huquqlariga doir madaniyatni shakllantirish, barqaror rivojlanishning eng muhim vazifalari ijrosida muhim rol o‘ynayotgani alohida qayd etildi.  

Uchrashuvda soha vakillari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilishi nazarda tutilgan normalar haqida ma’lumot berildi.  

Xususan, 15-moddasida – “Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.  

56-moddasida – “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi.Davlat inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi” deb belgilab qo‘yilgan.  

XIII-bobning nomi “Jamoat birlashmalari”dan “Fuqarolik jamiyati institutlari” ga o‘zgartirilmoqda. Bu Konstitutsiyaning mazkur bobidagi sub’ektlar doirasi kengaytirilayotganligini anglatadi.  

Ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga ta’rif berilmoqda. Jumladan, 69-moddasida –“Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi. Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi, deb qayd etilgan.  

81-modda – Konstitutsiya davlat OAVlar faoliyatining erkinligi, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlashini nazarda tutuvchi yangi normalar bilan to‘ldirilmoqda  

Ushbu konstitutsiyaviy tuzatishlar kiritilishi mamlakatda so‘z erkinligi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, OAV vakillarining ular ko‘rsatayotgan axborot xizmatlari uchun mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Natijada bu jamiyat va davlat o‘rtasidagi muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.  

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq farovonligini yanada oshirish, davlat va fuqarolik jamiyatini jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos bo‘ladi.  

Zarif Komilov, O‘zA