Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi ko‘chma kutubxona ish boshladi
20:28 / 2026-02-26

Guliston tumanining “Beshbuloq” mahallasi endi o‘z ko‘chma kutubxonasiga ega bo‘ldi. Yangi kutubxona foydalanishga topshirilgani orqali mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlar bilim olish va kitobxonlikni rivojlantirishda keng imkoniyatlarga ega bo‘ladi.

Ko‘chma kutubxona fondida 1000 dan ortiq kitob mavjud bo‘lib, ular orasida badiiy adabiyotlar, bolalar uchun qiziqarli asarlar va chet el adabiyotlari ham bor. Kutubxonada bir vaqtning o‘zida 10 nafardan ortiq kitobxon uchun xizmat ko‘rsatish imkoni yaratilgan.

Ochilish marosimida Guliston tumani hokimining o‘rinbosari Xurshid Chelibayev, mahalla yettiligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar kutubxonaning ahamiyatini ta’kidlab, uning kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlarni bilim olishga rag‘batlantirish va mahalla hayotida muhim markazga aylanishiga ishonch bildirishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri