Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitoblar taqdimoti 
12:43 / 2025-09-26

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdug‘afur Sattorovning “Ustozga ehtirom”, “Qadrdon kursdoshlarim”, “Ortda qolgan tahlikali kunlar”, “O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari va kafolatlari” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur asarlar asosan O‘zbekistonda inson huquqlari, ta’lim masalalari va shaxsiy xotiralarga bag‘ishlangan.

"O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari va kafolatlari" kitobida inson huquqlarining huquqiy jihatlari va kafolatlari tadqiq qilingan bo‘lsa, "Ustozga ehtirom" va "Qadrdon kursdoshlarim" kitobida o‘qituvchi va kursdoshlarga bag‘ishlangan shaxsiy xotiralar va ta’lim sohasiga oid mulohazalar jamlangan.

"Ortda qolgan tahlikali kunlar" kitobida muallif o‘tmishdagi voqealarga nisbatan xotiralari bilan o‘rtoqlashadi. Kursdoshlar haqida yozilgan kitobda muallif talabalik yillarining oltin lahzalari, kursdoshlari va ularning xizmat faoliyati haqida hikoya qiladi.

Muallifning "Umrim kitobining zarvaraqlari" kitobi muallifning otasi Hamid Sattorov va onasi Xonimoy Sattorovaning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan. Shuningdek, Abdug‘afur Sattorov bu kitobda o‘zining sermazmun, ibratli hayoti, ichki ishlar organlarida xizmat qilish barobarida pedagogik faoliyat va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan ham shug‘ullangani hamda shogirdlarga bilim bergan va hayotiy tajribasi orqali namuna bo‘lgan umr yo‘li haqida hikoya qiladi.

–Ushbu kitoblar qaysidir ma’noda o‘zaro uyg‘unligi bilan ahamiyatli, – dedi taniqli shoira, ma’naviyat targ‘ibotchisi Gulchehra Shahobiddin qizi. – Zero, xalqimizda ota-ona, maktab, ta’lim-tarbiya o‘zaro vobasta tushunchalar.

Taqdimot tadbirida muallifning faoliyati, ijodi, uning yangi kitoblari xususida batafsil so‘z yuritildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA