English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitoblar taqdimoti
17:45 / 2022-09-15

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida shoir, uyushma a’zosi Mahmud Yo‘ldoshevning “Umay qo‘shig‘i”, “Samoviy suhbat”, “Turkularim” nomli kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adib va shoirlar ijodidan eng sara namunalarni kitob holida chop etib, o‘quvchilarga taqdim etib kelmoqda.

“Turkularim” she’riy to‘plamining nomi kitobxon e’tiborini tortishi shubhasiz. “Turku” qadimiy turkiy tilimizda qo‘shiqni anglatadi va qo‘shiq bo‘lganda ham aynan turkiy tildagi qo‘shiq ma’nosini bildiradi.

Ushbu to‘plam “Tafakkur” nashriyotida 1000 nusxada nashr etilgan. Undan “Turkiston”, “O‘zbegim”, “Turkiy tog‘lar”, “Birlik”, “O‘tar dunyo” kabi 200dan ortiq she’rlar o‘rin olgan.

Mahmud Yo‘ldoshevning “Umay qo‘shig‘i” yangi to‘plamidagi she’rlarini o‘qir ekansiz, dunyo, hayot, umrga oid tushunchalar, xalq, millat, vijdon haqidagi tuyg‘ular uyg‘unlashishiga guvoh bo‘lasiz.

Muallifning gohida sho‘x, gohida mungli she’rlari o‘zining jozibasi, teranligi bilan o‘quvchini falsafiy mushohadalarga chorlashi shubhasiz. Ushbu kitob joriy yilda “Ijod nashr” tomonidan 500 nusxada chop etilgan.

Shoir Mahmud Yo‘ldoshevning “Bol” (1989 y.), “Haqni izlab” (1993y.), “To‘rt qatorda turon bor” (1997 y.), “Porlagan yurak” (2000 y.), “Qalbim sirlari” (2006 y.), “Katta tasbeh” (2007 y.), “Qum qasr” (2009 y.), “Yillar marjoni” (2011 y.), “Sidraning to‘rt mevasi” (2015 y.) she’r va dostonlar hamda “Xotirda saqlash ullari” (1995 y.), “Dolzarb lug‘at” (1998 y.), “Taqdir taronalari” (2001 y.), “Hamshira mehnati psixologiyasi” (2002y.), “Oilada ruhiy muhit va uning tarbiyaga ta’siri” (2004 y.), “Tarbiya tasvirlari” (2009 y.), “Ijtimoiy targ‘ibot xususiyatlari” (2009 y.), “Rahbarlik psixologiyasida axloq” (2010 y.), “Jajji daholar tarbiyasi” (2011 y.) kabi hikoya va qo‘llanma asarlari chop etilgan.

O‘zA