Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitoblar taqdimoti
18:14 / 2019-03-14

Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabda Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Matonat manzumasi” kitobi hamda taniqli shoir Gʻayrat Majidning “Bunda bulbul kitob oʻqiydi” nomli risolasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda kitobning inson hayotidagi oʻrni, ayniqsa, yosh avlod tarbiyasi va kamolotidagi ahamiyati, shuningdek, “Matonat manzumasi”, “Bunda bulbul kitob oʻqiydi” kitoblarining mazmun-mundarijasi haqida atroflicha soʻz yuritildi.

– “Matonat manzumasi” kitobida yoshlar kamoloti, xalqimiz turmush farovonligi va maʼnaviyatini yuksaltirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar oʻzining yorqin badiiy ifodasini topgan, – deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati boʻlimi rahbari Xurshida Vahobjon qizi. – Ushbu kitob yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, ular qalbida ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish burchi va masʼuliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ijod maktablari faoliyati, maqsad va vazifalari yoritib berilgan publitsistik maqolalar, shuningdek, iqtidorli oʻquvchilarning ijod namunalari jamlangan “Bunda bulbul kitob oʻqiydi” risolasi ham yosh ijodkorlarga ulkan maʼnaviy ozuqa berishi bilan ahamiyatlidir.

Taqdimotda qatnashgan oʻqituvchilar, ijodkorlar, iqtidorli oʻquvchilar yangi kitoblar xususida fikr-mulohaza bildirdi. Shuningdek, tadbir doirasida “Egasi bor yurtning ertasi bordir” mavzusida ijodkor yoshlar mushoirasi ham boʻlib oʻtdi.