Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitob: ”Turbat yo‘lidagi qaydlar”
20:02 / 2021-01-21

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdusaid Ko‘chimov kitobga yozgan so‘zboshida ta’riflaganidek, “Sharofiddin To‘laganov farzandlik burchini ado etish maqsadida o‘zining ilk kitobini “Turbat yo‘lidagi qaydlar” deb atabdi. To‘g‘ri, kitobda Turbat haqida ma’lumotlar kam. Muallif o‘z qaydlarini kitob qilishga uringan, xolos. Biroq kitobda qiziqarli ma’lumotlar, muallifning ichki kechinmalari aks etgan, deya olamiz. Kitobda kamchiliklar bo‘lishi mumkin, bundan ko‘z yumish kerak emas. Sharofiddin hodisalarga jurnalist nigohi bilan qarashga uringan”.

Xalqaro siyosiy mavzularda so‘z yuritish juda ham mushkul. Ana boringki, bu mavzuda 2-3 daqiqa gapirish mumkin. Ammo Sharofiddin To‘laganov xalqaro siyosiy mavzularda, jumladan, Yaqin Sharq va Afg‘oniston borasida soatlab so‘zlashi, o‘z munosabatini, o‘z nuqtai nazarini bildirishi, tahlil qilishi mumkin. Bu esa jurnalistning bilim doirasi kengligi, tafakkuri, mulohaza qila olish qobiliyatining yuksakligidan dalolat.  

So‘zboshida yozilganidek, jurnalistning xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqealar, siyosiy tadbirlar, turli mamlakatlar haqidagi maqolalari, xorijiy davlatlarga qilgan xizmat safarlariga oid taassurotlari ko‘pchilikka qiziq.  

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida kitob taqdimotiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda jurnalistlar, olimlar, muallifning ustozlari va do‘stlari tomonidan ana shunday iliq fikrlar aytildi.

Birinchi xalqaro “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori, ustoz jurnalist, xalqaro-siyosiy sharhlovchi Sharofiddin To‘laganovni bugungi yana bir ulkan yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz!

Mohigul Qosimova, O‘zA