Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitob taqdimoti
02:59 / 2022-12-21

FOTOREPORTAJ

Buxoro davlat universitetida shoir va jurnalist, “Shuhrat” medali sohibi Istam Ibrohimovning “Oq gul” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Fransuz faylasufi va yozuvchisi Deni Didro “Odamlar kitob o‘qishdan to‘xtasalar, fikrlashdan ham to‘xtaydilar”, deb yozib qoldirgan. Darhaqiqat, kishi kitob, gazeta, jurnal o‘qish orqali aqlini charxlaydi, tafakkurini boyitadi, sog‘lom fikrlaydi. bugungi kitob taqdimotida ham mutolaaning ushbu afzal jihatlari xususida so‘z bordi.

[gallery-10030]

Tadbir avvalida so‘z olgan filologiya fakulteti dekani o‘rinbosari To‘xtamurod Rajabov yangi kitob muallifi Istam Ibrohimovning ijodiy faoliyati haqida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berdi.  

Marosim adabiyot, she’riyat, zamonaviy jurnalistika, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish kabi mavzulardagi samimiy muloqotga aylandi.  

“Oq gul” kitobida nazmiy bitiklar bilan birga, muallifning jurnalist sifatidagi hayotiy kuzatuvlari mahsuli sanalgan hikoya va maqolalari ham o‘rin olgan. Ular kitobxonni o‘ylashga, hayot, umr mazmuni haqida mushohada yuritishga chorlaydi.  

 

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA