French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitob: “Katta xonadon qissalari”
15:01 / 2025-09-12

Taniqli shoir, jurnalist, yozuvchi va publitsist, tarjimon Yangiboy Qo‘chqorovning “Katta xonadon qissalari” nomli navbatdagi kitobi nashrdan chiqdi.

Kitobdan ijodkorning bir qator esse va suhbatlari, shuningdek, maktublari joy olgan.

Yangiboy Qo‘chqorovning ushbu kitobi yigirmanchi asrning so‘nggi choragi va yangi asr boshida milliy nasrimizda o‘ziga xos uslub bilan, faol qalam tebratib kelayotgan adib Muhammad Salom hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi, deyiladi debochada. 

– Odil akaning shogirdi Muhammad Salom haqida o‘ttiz ikki yil avval aytgan bir og‘iz so‘zi hamon qulog‘im ostida jaranglab turibdi. O‘ttiz ikki yildan keyin men Odil Yoqubovning kamtar, kamsuqum, kamgap, jimgina o‘z asarlarini yozib yurgan, ikki durustgina roman, bir necha mag‘zi to‘q qissa, ko‘plab maftunkor hikoyalar muallifi Muhammad Salom haqida mo‘’jazgina kitob yozishga kirishdim, deb yozadi Yangiboy Qo‘chqorov. 

Kitob bilan tanishib borkansiz, Muhammad Salomning roman va qissalari, hikoya va publitsistik maqolalari haqidagi fikr-mulohazalar, tahlillar e’tiboringizni tortadi. 

– Menga savol berishdi, deya Muhammad Salomning fikrlarini keltiradi muallif.

 – Vatannin qanday tushunasiz?

Ko‘nglimda yurgan fikrni aytdim: 

– Yer – barcha odamlarning umumiy  Vatani. Uning sofligi, obodligi uchun qimirlagan jon – hammamiz mas’ulmiz. U xarob holga tushsa, ahvolimizga voy.

Uni obod qildish, gullab-yashnatish, toza saqlashi hamda farovon yashashi uchun Alloh taolo kishilarga Vatan qilib bergan. Har kishi o‘zi tug‘ilgan, voyaga yetgan, ajdodlari yashab o‘tgan maskaanni o‘z Vatanim deydi, uni ardoqlaydi, ko‘z qorachig‘iday asraydi, g‘animlardan qo‘riqlaydi!.. 

Muhammad Salomning Vatan haqidagi haqiqatlari sizning ham qalbingizda aks-sado beradi.      

“Katta xonadon qissalari” kitobida o‘quvchi uchun qiziq va muhim manbalarga ham duch kelasizki, shubhasiz, ana shu jihatlar ham mazkur kitob qiymatini oshirgan. Unda nomlari tilga olingan atoqli so‘z ustalari, adib va shoirlar ro‘yxatini tuzmoqchi bo‘lsangiz, kattagina raqamlar hosil bo‘ladi.

Kitobni varaqlab borarkansiz, yana bir qiziq e’tiborli nuqtaga duch kelasiz. Ya’ni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashkil bo‘lgandan to bugungi kungacha unga kimlar rahbar bo‘lgani, ularning ism-shariflari, aniq sana, muddatlari bilan keltirilgan.

Yangiboy Qo‘chqorovning yangi kitobini o‘qing, juda qiziq.

A.Narzulloyev, O‘zA