English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi kitob: “Fermerlar uchun maʼlumotnoma
14:15 / 2020-08-31

Yer bilan tillashmoq oson emas. Ekindan moʻl hosil yigʻish ham oʻz vaqtida va muddatlarida tuproqqa berilgan ishlovga bogʻliq.


Yer bilan tillashmoq oson emas. Ekindan moʻl hosil yigʻish ham oʻz vaqtida va muddatlarida tuproqqa berilgan ishlovga bogʻliq. Hamma ham qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilishdagi qoidalarni toʻliq bilavermasligi mumkin. Tajribasizlik tufayli kam hosil olinsa, insonni mehnatdan qoʻngli soviydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ham bejizga qabul qilinmagan. Zero, unda mahsulot yetishtirish samaradorligi, tarmoqlarni davlat qoʻllab-quvvatlashi, mehnat qonunchiligi, soliqqa tortish, kreditlash va boshqa zarur maʼlumotlarni qamrab olgan tavsiyalarga eʼtibor berish qayd etilgan.

Shu maqsadda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashi maʼlumotlari jamlangan holda “Fermerlar uchun maʼlumotnoma” chop etildi.

Unda yurtimizda agrosanoat klasterlarining rivojlanishi, ularning agrar soha taraqqiyotida tutgan oʻrni, fermer xoʻjaliklarining kooperatsiyalari, qishloq xoʻjaligi korxonalarida zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishda berilayotgan imtiyozlar bayon etilgan.

Bundan tashqari mamlakatimizda fermerlik tizimining shakllanishi, huquqiy asoslari, fermer xoʻjaliklarida mehnat munosabatlari, ularda mahsulot yetishtirish samaradorligi, kreditlash tizimi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni soliqqa tortish, fermer xoʻjaliklari faoliyatining davlat kafolatlari, bunday xoʻjaliklarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda lizing tizimidan foydalanish kabi masalalarga ham keng oʻrin ajratilgan.