Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi ishga kirayotgan chet tili o‘qituvchilariga V2 darajadagi sertifikat talabi 2023/2024 o‘quv yilidan kiritiladi
18:49 / 2022-11-03

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi 312-son qaroriga asosan, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Mazkur qoidaning amaliyotga joriy etilishi natijasida ayrim hududlarda chet tili fani o‘qituvchilarining umumta’lim maktablariga ishga qabul qilinishida muammolar yuzaga kelishi va o‘qituvchilarning yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘plab murojaatlarni inobatga olingan holda va maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayoni davomiyligini ta’minlash maqsadida Hukumat tomonidan V2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan cheti tili fani o‘qituvchilarining umumta’lim maktablariga ishga qabul qilinmasligi xususidagi talab 2023/2024 o‘quv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berildi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 2024/2025 o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi V2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

O‘z navbatida S1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar ham ayni vaqtda oylik ish haqlarini 50 foizga oshirish imkoniyatiga ega.

O‘zA