French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda
12:21 / 2025-09-16

Buxoro viloyati Olot tumanida sanoat sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Jumladan, tumandagi sanoat yo‘nalishida amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan biri “Xalifa” kichik sanoat zonasidir.

Ayni kunlarda sanoat zonasida “Olot Asaka Tekstil” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan, qiymati 14 million AQSH dollariga teng yirik to‘qimachilik loyihasining uskunalarini ishga tushirish, mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan vazifalar belgilanmoqda.

Loyihaning qiymati 14 million AQSH dollari, shundan 10 million dollari bank krediti(“Asakabank” viloyat filiali), 4 million dollari asoschining mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi. 

Quvvati 1-bosqichda 2 ming 750 tonna xom gazlama, 2-bosqichda 2 ming 350 tonna aralash tolali ip-kalava ishlab chiqariladi. Uskunalar Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan 100 ta ilg‘or texnologiyali dastgohlar. Korxonada 480 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Korxona foydalanishga topshirilgach, yillik eksport hajmi 2 million AQSH dollariga yetkazilishi rejalashtirilgan. Umuman, loyihaning iqtisodiyotga qo‘shadigan umumiy moddiy ulushi 494 million AQSH dollariga baholanmoqda.

Sanoat rivoji bu nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlarning oshishi, balki aholi uchun yangi ish o‘rinlari, barqaror daromad, eksport imkoniyatlari va mahalliy xomashyoning chuqur qayta ishlanishidir. Bosh maqsad odamlar turmush darajasini oshirishdan iborat.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.