Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi daromadlari oshadi
16:45 / 2017-01-20

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni muhokama qilindi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash orqali jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishga erishish, xorijiy sarmoyalarni, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish doimiy e’tiborda. Bunday vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim o‘rin tutadi.

1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinib, investitsiyalar jalb qilish va jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari kengaytirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan "Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalari tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq yana to‘rtta erkin iqtisodiy zona faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur EIZlarda meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, qurilish materiallari kabi bir qator yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi.

– Erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga turli imtiyozlar, qulayliklar yaratilmoqda, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Elbek Shukurov. – EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. Tadbirkorlik subyektlarining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanishida qulayliklar yaratish maqsadida «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha ruxsatnomalar berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Fraksiya yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi. U Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining 25-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini sud tomonidan himoya qilishni yanada kuchaytirish, mazkur toifadagi ma’muriy ishlarning yanada adolatli va xolis ko‘rib chiqilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.