French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi imkoniyatlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi
11:08 / 2025-10-08

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli “Yinghua Academy” xalqaro maktabi bosh direktori Lin Xiangyang va ushbu o‘quv yurtining inson resurslari, shuningdek, xalqaro almashinuv va tashqi ishlar bo‘yicha mutaxassisi Chjou Yan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim jarayonida ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zaro almashish hamda professor-o‘qituvchilar, talabalar uchun xalqaro dasturlar doirasida yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘quv dasturlari, akademik almashinuv, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.

“Yinghua Academy” vakillari institutdagi ta’lim muhiti va yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, kelgusida o‘zaro tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish niyatini bildirishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA